10-yanvar kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida chang-toʻzon kuzatilishi mumkin
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutiladi
10-yanvar kuni respublika boʻylab iliq ob-havo kuzatiladi, harorat 13-18 darajani tashkil etadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayib, 22-25 m/s gacha yetishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-toʻzon koʻtarilishi ehtimoli mavjud. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.
Respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir va qor yogʻishi, baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 7-12 darajani tashkil etadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Toshkent shahrida havo harorati 16-18 daraja iliq boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.