Mirziyoyev bozorlarni Oʻzbekistonning “tashrif qog‘ozi”ga aylantirish boʻyicha topshiriq berdi

eʼlon qilindi
Bozorlarni sayyohlar uchun jozibali majmualarga aylantirishmoqda
Foto: Vikipediya

Bugungi kunda ayrim bozorlarimiz turistlar uchun jozibador emas, ularda milliy kolorit yetishmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshiriq bergan.

«Bozorlarimizning o‘ziga xos jihatlarini saqlab qolgan holda ularni yurtimizning «tashrif qog‘ozi»ga aylantirish kerak. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, zargarlik do‘konlari, oshxonalar, ko‘ngilochar maskanlar hamohang bo‘lishi, xaridorlar va turistlarni o‘ziga jalb qilishi zarur», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rasmiylarga ko‘ra, O‘zbekiston bozorlarida milliy kolorit yetishmaydi. Ular tarixiy shaharlar bozorlari asosida sayyohlar uchun jozibador bo‘ladigan majmualar yaratish orqali uni qo‘shishni rejalashtirmoqda. Bunday inshootlar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada paydo bo‘ladi.

Ushbu loyihani amalga oshirish jarayonida tegishli turk va arab tajribalarini o‘rganish rejalashritilgan. Ishga chet ellik mutaxassislar jalb etilishi mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonning qaysi shaharlari mahalliy sayyohlarni ko‘proq jalb etishi haqida yozgan edi.

Shuningdek