Mo’g’uliston elchixonasi O’zbekistonda ochiladi
Mo’g’uliston Toshkentda elchixona ochadi. Qarorning tegishli loyihasi Mo’g’uliston
parlamenti raisi Zandanshatar Gombojavga taqdim etildi, deya xabar beradi
Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vazirligi.
Diplomatik vakolatxonada uchta xodim ishlashi ko’zda tutilgan bo’lib, elchixonani
saqlash xarajatlari joriy yil byudjetiga kiritiladi.
Mo’g’uliston TIV ikki davlat qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetkazib berish sohasida
hamkorlikni kengaytirishi kerakligini ta’kidladi. Vazirlik ma’lumotlariga ko’ra, 2022-
yilda ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10,4 mln dollarga yetdi.
Mo‘g‘uliston hukumati O‘zbekiston bilan o’zaro hamkorlikning huquqiy asoslarini
yaratishga qaratilgan bitimlar tuzishni ham rejalashtirmoqda.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Mo’g’uliston avtomobil transporti va aviatashuvlar
to’g’risida bitimlar tuzishini yozgan edi.