Noqonuniy mayning-ferma faoliyatiga chek qo‘yildi
eʼlon qilindi
787,4 mln so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangan
Bosh prokuratura departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi, DXX, IIB va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbiri bo‘yicha oilaviy korxona rahbari A.A. tomonidan tashkil etilgan noqonuniy mayning-ferma aniqlandi.
Tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga ulangan 61 dona kriptoaktiv qurilmalarni o‘rnatib, 787,4 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Aybdorlarga 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi ochiladi va tergov oboriladi.
Avvalroq, «Kursiv» Samarqandda noqonuniy mayning-fermaga chek qo‘yildi, deb xabar bergan edi.