“Oʻzmetkombinat”ning sobiq ijrochi direktori investitsiyalar vaziriga oʻrinbosar boʻldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tegishli qaror Oʻzbekiston prezidenti tomonidan imzolangan
Foto: Alter Ego YouTube kanali

Axmedov Dilshod Tursunqulovich Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga oid qaror davlat rahbari tomonidan imzolandi.

Dilshod Axmedov bunga qadar «Oʻzmetkombinat» boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari – ijrochi direktor lavozimida ishlab kelgan. U mazkur lavozimda 2021-yildan 2024-yilgacha faoliyat olib borgan.

Dilshod Ahmedov shuningdek, «ERIELL Group» neft-gaz kompaniyasida ham faoliyat yuritgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi tuzilmasi qaytadan koʻrib chiqilishi, uning ayrim funksiyalari boshqa tashkilotlarga berilishini maʼlum qilgan edi.

Shuningdek