Oltin narxi o‘tgan yil oxiridan pasayishni boshladi

eʼlon qilindi
Bu oltin quymalarining narxida aks etadi
Foto: Rost9 / depositphotos.com

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda oltin quymalar narxi biroz pasaydi. O‘tgan yilning 29-dekabrga nisbatan narxi besh grammli quyma uchun 92 ming so‘mga arzonlashgan.

LBMA grafigi bo‘yicha, oltin qiymati narxi o‘tgan yilininig 28- dakabrdan pasaya bo‘shlagan. O‘sha kuni bir troy untsiyasining narxi 2078,4 dollarni tashkil qilgan bo‘lsa (kechki payt fiksing), 9-yanvar kuni narxi 2034,9 dollarga tushdi. Oltin narxi 2,1%ga pasaydi.

Xozirda 5 gr oltin quyma narxi 4,15 mln bo‘lsa, o‘tgan yili 29-yanvar kuni 4,25 mln edi.

Avvalroq, «Kursiv»Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxirasi bir oyda qariyb 1,7 milliard dollarga oshdi, deb xabar bergan edi.

Shuningdek