O‘zbekiston jahon armiyalari reytingida uch pog‘onaga tushib ketdi
2024-yil bo‘yicha dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida (PowerIndex) O‘zbekiston 62-o‘rindan 65-o‘ringa tushib ketdi.
Shu tariqa mamlakatimiz Markaziy Osiyo davlatlari orasida ikkinchi o‘ringa tushib ketdi. Mintaqadagi eng kuchli armiya Qozog‘istonda (58-o‘rin). O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarda Turkmaniston (83-o‘rin), Qirg‘iziston (100) va Tojikiston (107) turadi.
PowerIndex ma‘lumotlariga koʻra, Oʻzbekistonning mudofaa byudjyeti 796,8 mln dollarga baholanmoqda.Harbiy xizmatchilarning umumiy soni 68 ming kishini tashkil etadi, shundan 48 ming nafari xizmatda.
Bugungi kunda O‘zR armiyasida 115 ta jangovar samolyotlar mavjud bo‘lib, shundan 35 tasi qiruvchi samolyotlardir. Jangga yaroqli tanklar soni—162 va transport vositalari soni — 3,3 ming donani tashkil etadi.
Avvalroq, «Kursiv» prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi harbiy qismga tashrif buyurib, u yerda qurol-yarog‘lar bilan tanishgani haqida yozgan edi.