O‘zbekistonda sayyohlar oqimi qariyb 27 foizga oshdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra
                    
                            
2023-yilda O‘zbekistonga 6,6 million xorijiy fuqarolar tashrif buyurgan. Bu 2022-yilga nisbatan 26,9 foizga ko‘pdir, xabar berdi Statistika agentligi.
Shu bilan birga, 2022-yilda sayyohlar oqimi 2,8 barobarga yoki 3,4 million kishiga oshgan.
O‘tgan yili O‘zbekistonga qariyb 5,6 million kishi qarindoshlarini ko‘rish uchun, 773 mingdan ortiq kishi esa dam olish uchun kelgan.
Respublikaga 70 ming nafar xorijlik tijorat maqsadida, 143 ming nafari xizmat yuzasidan tashrif buyurgan.
Avvalroq, «Kursiv» Qozog‘iston xorijliklar uchun turistik soliqni bekor qilgani haqida yozgan edi.
