
Qozogʻiston prezidenti Qosim Joʻmart Toʻqayev mamlakatda yangi shahar tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Unga koʻra, Jetigen qishlogʻi shaharga aylantiriladi, deb yozdi «Sputnik» nashrining mahalliy boʻlimi.
Jetigen qishlogʻi aholisi 2022-yilda 25 ming kishiga yetgan. Yangi maqom berilganidan keyin shahar Alatau nomi bilan atala boshlaydi.
Avvalroq, «Kursiv» Ostona shahridagi vokzallarga eski nomlar qaytarilishi haqida yozgandi.