TASS: Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi yeyiladigan vaksina ixtiro qilindi
eʼlon qilindi
Vaksina pomidor koʻrinishida
Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi pomidor koʻrinishidagi yeyiladigan vaksina ixtiro qilindi. Preparat TOMAVAC deb nomlangan. Bu haqida TASS agentligi «Frontiers» ilmiy-tadqiqiy nashriga tayanib xabar berdi.
«Olimlar koronavirusning antigen oqsili S1 gen fragmentini maxsus vektorlarga joylashdi va uni pomidor hujayralari genomiga kiritishdi», – deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, ushbu hujayralardan pomidor oʻsimligi yetishtirilgan. Undan olingan hosil esa «S1 barqaror antigen oqsilini sintez qiladi». Aynan ular yangi vaksinaga aylangan.
Maʼlum boʻlishicha, preparat COVID-19 dan ikki darajali himoyani taʼminlaydi.
Avvalroq, «Kursiv» Rossiya Oʻzbekiston bilan hamkorlikda megasayens loyihalar ustida ishlashni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.