O‘zbekiston va Yaponiya IT, energetika va tibbiyot sohalarida hamkorlik qilishga kelishib oldi

eʼlon qilindi
Ikki davlat forumi boʻlib oʻtdi
Foto: O‘zR investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkentda O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat davlat vaziri Ryosuke Kozuki so‘zga chiqdi.

«Forum yakunida taʼlim, IT texnologiyalari, muqobil energetika va tibbiyot, geodeziya va kartografiyada kosmik texnologiyalardan foydalanish sohalarida 14 ta hujjat imzolandi. Alohida «Yo‘l xaritasi» shakllantirildi, unga ko‘ra har bir loyihani amalga oshirishga har tomonlama yordam ko‘rsatiladi», — deyiladi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bayonotida.

Forumda «G2B» va «B2B» uchrashuvlari tashkil etilib, unda biznes vakillari qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Avvalroq, «Kursiv» Yaponiya rasmiylari Markaziy Osiyo bilan aloqalarni samarali vazifa deb biladi, deb yozgan edi.

Shuningdek