Voyage Prive Oʻzbekistonning turistik salohiyatini targʻib qiladi

eʼlon qilindi
Yevropaning taniqli kompaniyasi hashamatli turizm yoʻnalishida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan.
Foto: Unsplash

Yevropaning «Voyage Prive» kompaniyasi Oʻzbekistonga yevropalik sayyohlarni jalb qilishga yordam beradi. Bu haqida Turizm qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qoʻmita vakillari va «Voyage Prive» kompaniyasi rahbariyatining Toshkentda boʻlib oʻtgan uchrashuvida muvaffaqiyatli kelishuvga erishildi.

Tomonlar Oʻzbekistonning turistik shaharlariga parvozlar tashkil etish uchun Yevropa aviakompaniyalarini ham jalb qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, mamlakatning turistik salohiyatini targʻib qilishda taniqli blogerlar va ommaviy axborot vositalari yordamidan ham foydalaniladi.

«Voyage Prive» kompaniyasiga 2006-yilda asos solingan boʻlib, u hashamatli turizm yoʻnalishida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan. «Voyage Prive» Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida oʻz ofislariga ega.

Avvalroq, «Kursiv» Oʻzbekistonga oʻtgan yili 6,6 million nafar sayyoh tashrif buyurgani haqida yozgandi. Bu 2022-yildagi koʻrsatkichdan 26,9 foizga koʻproq.

Shuningdek