Afg‘onistonda kuchli zilzila sodir bo‘lib, O‘zbekistonning turli hududlarida sezilgan.
Magnitudasi 6 ball edi. Zilzila kuchi Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Andijon va Namangan viloyatlarida 2 ballni tashkil etgan.
Poytaxt va Navoiy viloyatida 2 magnitudali zilzila qayd etildi. Zilzila oqibatida qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Avvalroq, «Kursiv» Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 80 kishidan oshdi, deb xabar bergan edi.