BMT Yaman husiylarining Qizil dengizda kemalarga uyushtirgan hujumlarini qoraladi
eʼlon qilindi
Tashkilot AQSH tomonidan taklif qilingan rezolyutsiya loyihasini qabul qildi.
BMT xavfsizlik kengashi Yaman husiylari tomonidan Qizil dengizda kemalarga uyushtirilgan hujumlarni qoraladi. Bu haqida TASS agentligi maʼlum qildi.
Tashkilot Amerika taqdim etgan rezolyutsiya loyihasini maʼqulladi. Unga Rossiya tomonidan taklif etilgan tuzatishlar kiritilmadi. Tuzatishlar orasida husiylar bilan bogʻliq vaziyatning sababi sifatida Falastin-Isroil mojarosi keltirib oʻtilgan edi.
Avvalroq, «Kursiv» Qizil dengizda husiylar tomonidan kemalarga uyushtirilgan hujum xalqaro yetkazmalarning deyarli 20 foiziga taʼsir qilgani va 40 dan ortiq mamlakat manfaatlariga tahdid qilayotgani haqida yozgandi.
Dekabr oyi oʻrtalarida esa neft tashish xavfsizligi bilan bogʻliq xavotirlar xomashyo narxining oshishiga olib kelgandi.