Diniy qoʻmita Oʻzbekistonda taqiqlangan materiallar roʻyxatini eʼlon qildi
eʼlon qilindi
Ular Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan
Oʻzbekiston Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ogoh boʻlishga chaqirdi va mamlakat hududida taqiqlangan materiallarning (2024-yil 10-yanvar holatiga koʻra) toʻliq roʻyxatini eʼlon qildi.
Diniy qoʻmita ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda shubhali elektron kitoblar, ilovalar, audio, foto, video materiallarni yuklab olish va ulashishda ehtiyotkor boʻlish zarurligini qayd etdi.
Eslatib oʻtamiz, ekstremistik va terroristik mazmunga ega materiallarni mamlakat hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish uchun besh yildan sakkiz yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.