Yangiliklar

Elektromobillar jahon savdosi 30%dan oshdi

Ko‘rsatkich bo‘yicha o‘sish sur’ati sekinlashdi
Foto: Smartprix

Jahon elektromobillar bozorining o‘sish sur‘ati sekinlashdi. 2023-yilda sotuvlar 31 foizga, bir yil avval esa 60 foizga oshdi, deya xabar beradi Reuters Rho Motion tadqiqot kompaniyasiga tayanib.

«O‘sish sur‘atlari sekinlashmoqda, ammo bunday o’sish bozorlarda kutilayotgan voqeadir. Savdolar har yili ikki baravarga ko‘paymaydi», – dedi Rho Motion menejeri Charlz Lester.

Kompaniya 2024-yilda global elektromobil savdosi 25% dan 30% gacha o‘sishini kutmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yilning to‘rtinchi choragida amerikalik elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi ilk bor ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha yetakchilikni Xitoyning BYD konserniga boy berganini yozgan edi.