Harbiylar Navoiyda yangi xonadonlarga ega bo‘ldi
eʼlon qilindi
Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra
Navoiy viloyatining Karmana tumanida harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlar kaliti topshirildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi.
Marosimda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonlari, hokimlik, prokuratura vakillari ishtirok etdi. Bu hududda harbiy xizmatchilarga jami 30taga yaqin xonadon sovg‘a qilindi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda harbiy soha raqamlashtirilayotgani haqida yozgan edi.