JSST: COVID-19 dekabr oyida qariyb 10 ming kishining hayotiga zomin boʻldi

eʼlon qilindi
Tashkilot rahbarining qayd etishicha, bunday koʻrsatkichga befarq qarash imkonsiz
Foto: Reuters

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus oʻtgan yilning dekabr oyida COVID-19 dan vafot etish koʻrsatkichlari keskin oshgani, bunga bayram kunlari va koronavirusning yangi turi tarqalgani sabab boʻlganini maʼlum qildi.

Gebreisusning taʼkidlashicha, dekabr oyida kasallikdan vafot etganlar soni qariyb 10 ming kishiga yetgan. Shifoxonaga yotqizilganlar soni esa 42 foizga oshgan, ularning aksariyati Yevropa va Shimoliy Amerika fuqarolaridir.

«Garchi oyiga 10 minglik oʻlim koʻrsatkichi pandemiyaning avj pallasidagi raqamlarga nisbatan kamroq boʻlsa ham, oldini olish mumkin boʻlgan bunday holatlarning koʻpayganini qabul qilib boʻlmaydi», – Gebreisus.

Tashkilot rahbarining fikricha, kasallangan bemorlar soni va oʻlim koʻrsatkichlari ayni vaqtda vaziyat nisbatan yaxshi boʻlgan mamlakatlarda ham oʻsishi «shubhasiz». JSST mamlakat hukumatlarini epidemiologik nazoratni davom ettirish va aholini COVID-19 ga qarshi emlash, shuningdek davolash choralarini koʻrishga chaqirdi.

Avvalroq, «Kursiv» Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi yeyiladigan vaksina ixtiro qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek