«Kapital Sugʻurta» AJning litsenziyasi olib qoʻyildi

eʼlon qilindi
U qonunchilikda belgilangan meʼyorlarga rioya qilmagani uchun jarimaga tortilgan
Foto: Depositphotos

«Kapital Sugʻurta» AJning moliyaviy hisobotlarini oʻrganish natijalariga koʻra qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlarga rioya qilmaganlik holatlari aniqlanib, 162,0 mln so‘m miqdorida jarima solindi. Bu haqida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) matbuot xizmati maʼlum qildi.

ILMA maʼlumotlariga koʻra, sugʻurta kompaniyasining litsenziyasi 10 kunga toʻxtatilgan. Ushbu davrda kompaniyaga yangi sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomalarini tuzish yoki amaldagilarini uzaytirish taqiqlanadi.

Agentlikning qayd etishicha, «Kapital Sugʻurta» AJ ilgari tuzilgan sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalari boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston va yana uch davlat qayta sug‘urta pulini yaratganini yozgan edi.

Shuningdek