O‘zbekistonliklar Yaponiyaning IT-kompaniyalarida ishlashlari mumkin bo‘ladi

eʼlon qilindi
Yaponiyaning CAL Co., Ltd kompaniyasi bilan memorandum imzolandi
Foto: Unsplash

Yaponiyaning IT-kompaniyalari va universitetlari Oʻzbekiston fuqarolarini oʻqitish va ishga joylashtirishda yordam beradi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi.

O‘zbekiston-Yaponiya biznes forumida bu borada memorandumlar imzolandi. Xususan, Raqamli rivojlanish vazirligi va CAL Co., Ltd o‘rtasida O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish va mamlakatimizning iqtidorli yoshlarini Yaponiyada ishga joylashtirish bo‘yicha kelishib olindi.

Japan Digital University oliygohi Digital va Knowledge Co., Ltd kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan yapon ta’lim texnologiyalarini joriy qiladi.

Shuningdek, raqamli hamkorlik qo‘mitasini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonning har bir hududida IT Village ochilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek