Shanba kuni respublika boʻylab yomgʻir yogʻishi kutilmoqda
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqida “Oʻzgidromet” maʼlum qildi. 
                    
                            
13-yanvar kuni Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻylab yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Bu haqida «Oʻzgidromet» xabar berdi. Yogʻingarchilik 15-yanvar kuni ham davom etadi.
13-14-yanvar kunlari Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida shamol 15-20 m/s tezlikda esib, havo harorati kechasi +2…+7, kunduzi +10…+15 daraja iliqni tashkil etadi.
15-yanvar kuni kechasi mazkur hududlarda havo harorati 0…+5 darajagacha pasayadi. Kunduzi esa +5…+10 daraja iliq boʻladi.
Avvalroq, «Kursiv» Qoraqalpogʻistonda «Galo effekti» deb nomlanuvchi noyob hodisa qayd etilgani haqida yozgandi.
