Toshkent havosidagi zararli zarralar miqdori me’yordan 17 barobar oshdi
eʼlon qilindi
Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi
11-yanvar kuni ertalab Toshkent havosidagi zararli mayda PM2,5 zarralari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti me’yoridan 17 martaga oshib ketdi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Shu bilan birga, sanoat korxonalari va avtomobillar chiqindilariga bevosita bog’liq bo’lgan CO miqdori me’yordan oshmadi.
PM10 zarralari kontsentratsiyasi ham ruxsat etilgan maksimal darajadan oshmadi.
Eslatib o’tamiz, PM2.5 asfalt, mineral tuzlar va og’ir metal birikmalarining zarralaridir. 3-yanvar kuni poytaxt havosidagi bunday zarralar miqdori me’yordan 15 baravar oshdi.
Avvalroq, «Kursiv» 11-sentabr kuni Toshkent havosida PM2,5 kontsentratsiyasi normadan 43 baravarga oshgani haqida yozgan edi.