Yangiliklar

USAID O‘zbekistonga energetika sektorini boshqarish uchun uskunalar topshirdi

Uskunaning umumiy qiymati 1,4 mln dollarni tashkil etdi
Foto:Toskentdagi AQSH elchixonasi

Amerikaning USAID agentligi energetika sektorini nazorat qilish uchun asbob-uskunalar va dasturiy ta’minotni Toshkentdagi «Energiya» muvofiqlashtirish-dispetcherlik markaziga topshirdi. Uskunaning umumiy qiymati 1,4 mln dollarni tashkil etdi, deya xabar beradi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi.

Uskunalar energetika tizimining barqarorligini ta’minlashi, Markaziy Osiyoda energiya savdosi imkoniyatlarini kengaytirishi va tarmoqni boshqarish qobiliyatini oshirishi kerak.

Uskunalarni topshirish Power Central Asia mintaqaviy loyihasining bir qismi bo‘lib, kutilayotgan investitsiyalar hajmi 39 mln dollarni tashkil etadi.

Avvalroq, «Kursiv» USAID O‘zbekistonda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish loyihasini yo‘lga qo‘yayotgani haqida xabar bergan edi.