IT Park DOMiNO Ventures fondi bilan hamkorlikni boshlaydi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Jamg‘arma joriy yilda beshta o‘zbek startapiga sarmoya kiritishni rejalashtirgan
Foto: Prezident matbuot-xizmati

IT Park Niderlandiyaning DOMiNO Ventures fondi bilan anglashuv memorandumini imzoladi.

Jamg‘arma joriy yilda O‘zbekistonning beshta texnologik startapiga sarmoya kiritishni rejalashtirgan. DOMiNO Ventures ularni tashqi bozorlarga chiqishda qo‘llab-quvvatlaydi va ular uchun loyihalarni ishlab chiqish dasturlarini tashkil qiladi.

Hozirgi kunda, dunyoning sakkizta mamlakatida faoliyat yurituvchi DOMiNO Ventures kompaniyasining operatsion jamoasi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan. 

Avvalroq, Osiyo taraqqiyot banki o‘zbek IT startaplari rivojlanishni davom ettirish uchun yetarli mablag‘ga ega emasligini ta’kidlagan edi. Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekistondagi loyihalar ta’sischilari o‘z jamg‘armalariga juda bog‘liq. Ammo to‘liq rivojlanish uchun tashqi moliyalashtirish kerak – bunda biznes farishtalari va venchur kapital yordam berishi mumkin.

Shuningdek