Oʻzbekistonda YTH oqibatida 2 ming kishi halok boʻldi

eʼlon qilindi
Bu koʻrsatkich 2023-yilning 11 oyiga tegishli
Foto: kalinovsky / Depositphotos

Oʻzbekistonda 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yoʻl-transport hodisalari oqibatida 2 ming kishi halok boʻldi, 8 ming kishi jarohatlandi.

Statistik maʼlumotlar Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari boʻyicha qoʻmitasi yigʻilishi vaqtida eʼlon qilindi. Qayd etilishicha, mamlakatda oʻtgan yilning 11 oyida 8,6 mingta YTH sodir etilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning 7 oyi ichida respublikada 4,7 mingta avtohalokat qayd etilgan, ular 1,1 ming kishi oʻlimiga sabab boʻlgandi. Yoʻl-transport hodisalari oqibatida 4,5 ming kishi jarohatlangan.

Avvalroq, «Kursiv» Oʻzbekiston yoʻllariga oʻrnatilgan videokameralar xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchilarni ham qayd eta boshlagani haqida yozgandi.

Shuningdek