Qozog‘iston O‘zbekistonga temir yo‘l orqali yuk tashishni 29%ga oshirdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilgi natijalar asosida
Foto: Alenka2194 / depositphotos.com

2023-yilda Qozog‘iston temir yo‘l orqali O‘zbekistonga 10 mln tonna mahsulot eksport qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 29%ga ko‘pdir.

Qozog‘iston eksportchilari temir yo‘l orqali mamlakatimizga 3 mln tonnadan ortiq bo‘g‘doy va 3 mln tonna ko‘mir yetkazib berdi. Qozog‘iston neft mahsulotlari va kimyo mahsulotlarini ham eksport qilgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning 11 oyi davomida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,7%ga qisqarib, 4 mlrd dollarni tashkil etgan. Shu davrda OʻzR qoʻshni davlatga 1,2 mlrd dollarlik mahsulot yetkazib bergan, import esa 2,7 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo to‘siqlarini olib tashlashni xohlayotgani haqida yozgan edi. Buning uchun qo‘shma ishchi guruh tuziladi.

Shuningdek