Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida banan yetishtiriladi, deb xabar qildi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Xususan, Sarqipchoq mahallasida yashovchi fuqaro issiqxonada limon va banan yetishtiradi. 400 kg banan yetishtirib, 15 mln so‘mga sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunga qadar fermer 50 tup banan ko‘chati ekdi.
Xususan, Sarqipchoq mahallasida yashovchi fuqaro issiqxonada limon va banan yetishtiradi. 400 kg banan yetishtirib, 15 mln so‘mga sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunga qadar fermer 50 tup banan daraxti ekdi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Andijon viloyatida banan va pomidorni sanoat usulida yetishtirish korxonasi ishga tushirilgan edi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvaridan noyabrigacha Oʻzbekiston xorijdan 85,2 mln dollarlik banan sotib olgan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda 2024-yil oxirigacha banan, baliq va tuxumlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilingani haqida yozgan edi.