Sirdaryoda $5 millionlik tabiiy gaz oʻmarildi

eʼlon qilindi
Holat metan gaz quyish shoxobchasida aniqlangan.
Foto: Energetika vazirligi

Sirdaryo viloyatida joylashgan metan gaz quyish shoxobchasida 62,4 milliard soʻm (oʻrtacha $5 million) lik tabiiy gaz oʻmarilgani maʼlum boʻldi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.

Holat Boyovut tumanida qayd etilgan boʻlib, shoxobchaga tortilgan gaz quvuri koʻzdan kechirilganda gaz qudugʻiga oʻzboshimchalik bilan rezina shlang ulangani, yoqilgʻi isteʼmolchilarga mana shu yerdan yetkazib berilgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida toʻplangan hujjatlar aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.

Avvalroq, «Kursiv» Qoʻqonda joylashgan qonuniy mayning fermasida qariyb 1 milliard soʻmlik elektr energiyasi oʻgʻirlangani haqida yozgandi.

Shuningdek