2023-yilda O‘zbekiston hududiy yo‘nalishlari bo‘ylab tezyurar konteyner poyezdlarida 201 ta yuk tashish amalga oshirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 101 taga ko‘p, deb xabar berdi «Temiryulargo».
Respublikada jami 7,5 ming konteyner yordamida 177 ming tonnadan ortiq turli yuklar tashildi.
«Temiryulargo» Toshkentdan Jizzax, Samarqand va Buxoroga yuk tashish hajmini ham oshirishni rejalashtirgan.
Avvalroq, «Kursiv» 2023-yilga borib O‘zbekiston-Yevropa yo‘nalishi bo‘yicha yuk tranziti hajmi 71 foizga oshishi haqida yozgan edi.