Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi qanday kurashiladi?

eʼlon qilindi
Ekologiya vazirligi bu boʻyicha bir qator takliflar berdi.
Foto: Yuz.uz

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Toshkentda havo sifatini yaxshilash uchun «Yevro-4» toifasidan past boʻlgan AI-80 rusumli benzindan foydalanish hamda 2010-yilgacha ishlab chiqarilgan barcha toifadagi mashinalar harakatini taqiqlashni taklif qildi.

Bundan tashqari, vazirlik tomonidan poytaxtda kunning tigʻiz vaqtlarida yuk mashinalari harakatini cheklash taklifini ham ilgari surilgan. Bu tirbandliklar hosil boʻlishi ehtimolini kamaytirishi va yoʻllardagi xavfsizlikni taʼminlashga yordam berishi aytilmoqda.

Vazirlik shuningdek, shaharning markaziy koʻchalarida mashinalardan xoli hududlar, poytaxt atrofida esa chang zarralariga qarshi kurashish uchun «yashil» belbogʻ barpo etishni taklif qilgan.

Avvalroq, «Kursiv» 11-yanvar kuni Toshkent havosidagi zararli zarralar miqdori meʼyoriy koʻrsatkichdan 17 barobarga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek