UzAirways samolyoti 1 soat mobaynida Dehli aeroportiga qoʻna olmay Toshkentga qaytib keldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bunga quyuq tuman sabab boʻlgan. 
                    
                            
Toshkentdan Dehli tomon uchgan UzAirways samolyoti aeroportga qoʻna olmagani tufayli ortga qaytishga majbur boʻldi.
Ekipaj Dehli aeroportidagi quyuq tuman sabab hududga qoʻna olmagan va Toshkentga qaytishga qaror qilgan.
«FlightRadar24» maʼlumotlariga koʻra, havo kemasi 3 soatlik parvozdan keyin qoʻnishga harakat qilgancha 1 soat mobaynida Dehli shahri ustida aylangan. Urinishlar muvaffaqiyatsiz kechganidan soʻng samolyot ortiga burilib, Toshkent tomon parvoz qilgan.
Avvalroq, Buxoroda chang boʻroni aeroportning ish faoliyatidagi cheklovlarga sabab boʻlgani, buning natijasida ikkita reys Samarqand va Navoiydagi qoʻshimcha aerodromlarga yoʻnaltirilgani haqida xabar berilgan edi.
