Xitoy AQShni Tayvandagi saylovlarga aralashmaslikka chaqirdi

eʼlon qilindi
Aks holda unga nisbatan “aniq va qatʼiy choralar” koʻriladi.
Foto: Reuters

«Amerika Tayvandagi saylovlarga aralashishni bas qilishi kerak, chunki oroldagi saylov jarayoni Xitoyning ichki ishi hisoblanadi» – dedi XXR Tashqi ishlar vaziriligining rasmiy vakili Mao Nin. Bu haqida «Sinxua» agentligi xabar berdi.

Maoning aniqlik kiritishicha, AQSH saylov jarayoniga hech qanday shaklda aralashmasligi shart. Rasmiy vakil AQShni ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarga, shuningdek Tayvan boʻgʻozining ikki tomonidagi tinchlikka putur yetkazadigan har qanday harakatdan tiyilishga chaqirdi.

Siyosatchi AQSH saylov jarayoniga aralashgan taqdirda Xitoy «oʻz suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun aniq va qatʼiy choralar» koʻrishini taʼkidladi.

Tayvan bugungi kunga qadar Xitoy va AQSH munosabatlarining ziddiyatli nuqtasi boʻlib qolmoqda. Avvalroq, «Kursiv» AQSH prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin oʻrtasidagi noyabr muzokaralarida ham aynan shu mavzuga koʻtarilgani haqida yozgandi.

Shuningdek