13-yanvar kuni Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi Suriya vakillari bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Birinchi taymda hamyurtlarimiz darvoza taraf besh marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishga urinib ko‘rishdi. Ikkinchi taymda Suriya futbolchilari havfli vaziyatdan so‘ng gol urishdi, biroq VAR tizimi golni bekor qildi. Futbolchi o‘yindan tashqari holatda gol urgan (offsaydda).
Hozirda, B- guruhida bir ochko bilan O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda. Avstraliya Hindiston ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va guruh peshqadamiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, 18-yanvar kuni soat 19:30 futbolchilarimiz Ahmad Ibn Ali futbol maydonida Hindistonga qarshi bahs olib borishadi.
Avvalroq, «Kursiv» Avstraliya, Suriya va Hindiston Osiyo Kubogida O‘zbekiston bilan bir guruhda, deb xabar bergan edi.