O‘zbekistonda kim ko‘proq ipoteka krediti oladi
O‘zbekiston Markaziy banki respublikada kimlar ko‘proq ipoteka krediti olishi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2018-yilga nisbatan aholiga berilgan ipoteka kreditlari qoldig‘i 6 barobarga oshgan va 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 58,2 trillion so‘mni tashkil qilgan.
Oʻtgan yili tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari miqdori 16,9 trillion soʻmga yetgan. 2022-yili bu koʻrsatkich 14,4 trillion soʻmni tashkil etgan. Oʻsish koʻrsatkichi 2,5 trillion soʻmga teng boʻlgan.
Ipoteka kreditlarining asosiy qismi – 69 foizi 31-50 yosh oraligʻidagi fuqarolar tomonidan olingan. Erkaklar ulushi 2022-yilga nisbatan 3 foizga oshib, 63 foizni tashkil qilgan boʻlsa, ayollar ulushi nisbatan pasaygan va 37 foizga tushgan.
Ipoteka kreditlarining 59 foizi yangi – birlamchi uylar, 41 foizi esa ikkilamchi bozordagi uylar uchun ajratib berilgan.
Uy-joy kreditlari uchta manbadan moliyalashtirildi: Iqtisodiyot va moliya vazirligining mablag’lari (9,6 trln soʻm), banklarning o’z mablag’lari (5,7 trln soʻm) va Ipoteka kreditlarini qayta moliyalash kompaniyasining mablag’lari (1,6 trln soʻm).
Ipoteka ajratilgan hududlar orasidagi yetakchilik Toshkent shahriga tegishli boʻlib turibdi. Oʻtgan yilda hudud uchun 1,15 trln mlrd soʻm ipoteka kreditlari ajratilgan.
Avvalroq, «Kursiv» oltin narxi oʻtgan yil oxiridan pasayishni boshlagani haqida yozgandi.