Yangiliklar

Belarus ShHTga a’zo boʻlish uchun zarur boʻlgan tartib-qoidalarni bajardi, deb e’lon qildi

Mamlakat tashkilotga 2025-yilda qo‘shilishi mumkin
Фото: Unsplash

Belarus Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a’zo bo‘lish bo‘yicha ichki tartib-qoidalarni yakunladi, dedi mamlakat tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Aleynik.

«Bir hafta oldin mamlakatimizda bizning a’zo bo‘lishimizga oid barcha hujjatlar to‘plamini (ShHTga – Tahr.) ratifikatsiya qilish jarayoni yakunlandi. Biz 49 ta hujjatga qo‘shildik», — deya Aleynik so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Belarus tashqi ishlar vazirligi rahbari mamlakat ShHT ishtirokchilari uchun protseduralar tugallangani haqida xabar berganini qo‘shimcha qildi. Belarus 2025-yilda tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonini yakunlashni kutmoqda.

ShHT Oʻzbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Qirgʻiziston, Pokiston va Tojikistonni birlashtiradi. Tashkilot o’zini harbiy blok sifatida ko‘rsatmaydi, uning e’lon qilingan maqsadi barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashdir.

Avvalroq, «Kursiv» oktabr oyida Oʻzbekiston prezidenti Belarusning ShHTdagi majburiyatlari boʻyicha memorandumni tasdiqlagan, deb xabar bergan edi.