15-yanvar kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida qor yogʻadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi eʼlon qilingan.
Foto: Posztos / Depositphotos

Bugun, 15-yanvar kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yogʻingarchilik kuzatiladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning birinchi qismida qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushadi. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.

Toshkent shahrida yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi mumkin. Havo harorati 1 daraja sovuqqacha tushishi kutilmoqda.

Respublikaning togʻli hududlarida kuchli yomgʻir yogʻishi va qorga aylanishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi eʼlon qilingan.

Shuningdek