Colliers: sifatli ofislarning yetishmasligi ijara narxining oshishiga olib kelishi mumkin

eʼlon qilindi
Poytaxtdagi ofis binolarining umumiy maydoni 396,6 ming kvadrat metrni tashkil etdi
Foto: Followtheflow/Depositphotos.com

Bugungi kunda O‘zbekiston poytaxtida sifatli ofislar yetishmayapti, bu esa ijara narxining yuqori o‘sishiga olib kelishi mumkin, deb ko‘rsatdi Colliers Uzbekistan konsalting kompaniyasi tadqiqoti.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, Toshkent shahridagi ofis binolari maydoni 396,6 ming kvadrat metrni tashkil etdi.

Asosiy qismi «A» klassidagi  elita ofislarga to‘g‘ri keldi. Ularning maydoni 139,1 ming kvadrat metr bo‘lgan. Keyin «B» klassidagi ofislar – 130 ming kvadrat metr, «C» esa 74,8 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.

Colliers Uzbekistan ekspertlarining qayd etishicha, ofislar yetishmasligiga qaramay, bozor rivojlanib, xorijiy investitsiyalar ham jalb qilinmoqda.

Bundan tashqari, poytaxtda umumiy maydoni qariyb 304,9 ming kvadrat metr bo’lgan tadbirkorlik binolarini ijaraga berish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Toshkent shahridagi biznes ko‘chmas mulk bozorining shaffofsizligi uy egasi va ijarachining bir-biri haqida ma’lumotga ega emasligiga olib keladi, bu esa narxlarni belgilash va ofislarni baholashga ta’sir qiladi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston bozori uchun ofis ko‘chmas mulki tasniflagichi ishlab chiqilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek