O‘zR Tashqi ishlar vazirligi: O‘zbekiston Tayvanni Xitoyning ajralmas qismi sifatida tan oladi
eʼlon qilindi
Biroq mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tayvandagi saylovlar bilan bogʻliq vaziyatni kuzatib borishini hamda XXRning oroldagi suverenitetini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Murojaatda, shuningdek, O‘zR ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlarni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanligi qayd etilgan.
Tayvanda prezidentlik saylovlari 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Lay Sinde 40,05% ovoz bilan g‘alaba qozondi. U Pekinning iqtisodiy qaramlikni kamaytirish va AQShga yaqinlashish tarafdori. Hozirda orolning mustaqilligini 13 ta davlat tan olgan.
Avvalroq, «Kursiv» Xitoy AQSh va Tayvan o‘rtasidagi har qanday aloqaga qarshi ekanini e’lon qilgan edi.