Yaponiyaning Panasonic Holdings Corporation 2024—2025-yillarda elektromobillar uchun yangilangan akkumulyatorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi Bloomberg.
Yangi akkumulyatorlar yaroqli sig‘imga ega bo‘ladi, bu esa elektromobillarning uzoqroq masofaga yurishiga yordam beradi va elektrodvigatellarga ham . Kompaniya ularni AQShning Nevada shtatidagi zavodda ishlab chiqarishni boshlash niyatida.
Bugungi kunda Yaponiya kompaniyasi Shimoliy Amerikada bir nechta akkumulyator zavodlarini qurmoqda. Panasonic kompaniyasi 2030-moliyaviy yilga qadar akkumulyator ishlab chiqarish quvvatini 200 GVt/soatgacha oshirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yil oxirida elektromobillarning jahon savdosi 31%ga oshganini yozgan edi.