2023-yilda Samarqand aeroporti xizmatlaridan 1 milliondan ortiq kishi foydalangan. Yil davomida yoʻlovchilar oqimi ikki baravar koʻpaydi, deb xabar qildi aeroport matbuot xizmati.
«Yo’lovchilar oqimining bunday o’sishi amaldagi aviakompaniyalar bilan hamkorlikning samarali rivojlanishi, shuningdek, yangi hamkorlarni jalb qilish bilan bog’liq. 2023 yilda Samarqand xalqaro aeroportidan 9 ta yangi aviakompaniya, shu jumladan 5 ta xorijiy aviakompaniya parvozlarni boshladi», — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, eng katta o’sish xalqaro tashish segmentida qayd etildi – 106,4%. Ko’pincha Samarqand aeroportidan Moskva, Istanbul, Sankt-Peterburg, Abu-Dabi va Dubayga parvozlar amalga oshirildi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistondagi yana to‘rtta aeroportda Tax Free tizimi joriy etilgani haqida yozgan edi.