Tesla va Volvo Yevropada ishlab chiqarishni to‘xtatishadi

eʼlon qilindi
Qizil dengizidagi inqiroz tufayli
Foto: Unsplash

Yaman husiylarining Qizil dengizdagi kemalarga hujum qilish xavfi ortishi Yevropa avtomobilsozlik sanoatidagi vaziyatning keskinlashuviga olib keldi. Birdaniga ikkita konsern – AQSH’ning Tesla va Shvetsiyaning Volvo kompaniyalari butlovchi qismlar yetishmasligi sababli Yevropada ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatishga qaror qilishdi, deb xabar berdi FOX Business portali.

Tesla ta’minotdagi uzilishlar sababli 29-yanvardan boshlab Germaniyaning Gigafactory zavodida avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi.

«Qizil dengizdagi qurolli mojarolar va u bilan bogʻliq boʻlgan Yaxshi Umid burni orqali Yevropa va Osiyo oʻrtasidagi transport yoʻnalishlaridagi oʻzgarishlar ishlab chiqarishga ta’sir koʻrsatmoqda», – deydi kompaniya.

Volvo, o‘z navbatida, shu haftada Belgiyadagi zavodida ishlab chiqarishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Qizil dengizdagi mojaro haqida e’lon qilgan edi. Yaman husiylari kemalarga bir necha bor hujum qilgan. AQSH ma’lumotlariga ko‘ra, jahon dengiz transportining taxminan 20% to‘xtatilgan. So‘nggi bir necha kun ichida G‘arb davlatlari husiylar pozitsiyalariga qator hujumlar uyushtirdi.

Shuningdek