Turkiyaning Havelsan kompaniyasi O‘zbekiston mudofaa sanoatiga yordam berishga tayyor
eʼlon qilindi
Kompaniya razvedka tizimlarini ishlab chiqaradi
Turkiyaning «Havelsan» mudofaa kompaniyasi O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar ustida ishlashga tayyor, dedi kompaniya bosh direktori Mexmet Akif Najar O‘zbekiston armiyasining 32-yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasida.
Najar Havelsan to‘plangan tajribasini mamlakatimiz bilan baham ko‘rmoqchi ekanligini ta’kidladi.
Havelsan 1982-yilda tashkil etilgan. Faoliyatining birinchi bosqichida kompaniya Turkiya havo kuchlarining radarlariga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullangan. Bugungi kunda kompaniya razvedka va logistika tizimlari va elektron hukumat ilovalarini ishlab chiqmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston qurolli kuchlari raqamlashtirilayotgani haqida yozgan edi.