Yangiliklar

2024-yilda YaIM 6 foizga oshiriladi – Shavkat Mirziyoyev

Prezident oʻtgan yilgi raqamlar qoniqarli emasligini taʼkidladi.
Foto: O‘zR Prezidenti matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yil uchun iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi va joriy yilda YaIMni kamida 6 foizga oshirib, 100 milliard dollarga yetkazish reja qilinganini taʼkidladi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Oʻtgan yili sanoat 6 foizga oʻsgani boʻlsa-da, ishlab chiqarishda qoʻshilgan qiymat 40 foizdan oshmagani qayd etildi. Prezident ushbu raqamlar qoniqarli emasligi, bunga importga qaramlik, energiya isteʼmolining koʻpligi va ortiqcha xarajatlar sabab boʻlganini taʼkidladi.

Maʼlum boʻlishicha, yirik sanoat tarmoqlari soliqlari kamaytirilganiga qaramay ular xarajatni oshirib yuborishgan. 10 ta yirik korxonada xarajatlar daromaddan tezroq oʻsgan.