Yangiliklar

Bosh vazirga 8 ta tuman hokimini oʻz lavozimiga loyiqligi masalasini hal qilish topshirildi

Baliqchi, Jalaquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlari yil davomida auksionga umuman yerga chiqarmagan.
Foto: O‘zR Prezidenti matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev byudjet tushumi uchun eng katta zaxira – tadbirkorlarga auksion orqali yer sotish ekanligini taʼkidlab, oʻtgan yili bundan 1 trillion soʻm tushum boʻlganini maʼlum qildi.

Davlat rahbarining taʼkidlashicha, joylardagi sustkashlik bois 3 trillion soʻm qoʻshimcha tushum boy berilgan.

Prezident yil davomida auksionga yer chiqarmagan Baliqchi, Jalaquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining oʻz lavozimlariga loyiqlik masalasini hal qilish boʻyicha Bosh vazirga topshiriq berdi.

Shuningdek, yerlarni auksionda sotish boʻyicha 4 trillion soʻmlik rejani tumanbay ishlab chiqish va uning ijrosini taʼminlash belgilandi.