“Emmi” mukofoti gʻoliblari aniqlandi

eʼlon qilindi
“Vorislar” eng yaxshi dramatik serial sifatida nufuzli mukofotga loyiq deb topildi.
Foto: Bloomberg

Amerika televizion akademiyasi Los-Anjeles shahrida «Emmi-2023» mukofotini oʻz egalariga topshirdi. Sentyabr oyida oʻtkazilishi kerak boʻlgan taqdirlash marosimi AQSH aktyorlar va ssenariynavislar gildiyasining ish tashlashi tufayli yanvar oyida boʻlib oʻtdi.

«Vorislar» eng yaxshi dramatik serial sifatida nufuzli mukofotga loyiq deb topildi. Serial mualliflari va unda suratga tushgan aktyorlar ham bir nechta yoʻnalishlar boʻyicha mukofotni qoʻlga kiritdilar.

Gʻoliblar roʻyxati:

– Eng yaxshi dramatik serial – «Vorislar»

– Drama yoʻnalishidagi eng yaxshi serial aktyori – Kiran Kalkin, «Vorislar»

– Drama yoʻnalishidagi eng yaxshi serial aktrisasi – Sara Snuk, «Vorislar»

– Drama yoʻnalishidagi serialning ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyori – Metyu Makfadyen, «Vorislar»

– Drama yoʻnalishidagi serialning ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisasi – Jennifer Kulij, «Oq nilufar»

– Eng yaxshi komedik serial – «Ayiq»

– Komediya yoʻnalishidagi serialning eng yaxshi aktrisasi – Kvinta Branson, «Ebbott boshlangʻich maktabi»

– Komediya yoʻnalishidagi serialning eng yaxshi aktyori – Jeremi Allen Uayt, «Ayiq»

– Komediya yoʻnalishidagi serialning ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyori – Ebon Moss-Bakrak, «Ayiq»

– Komediya yoʻnalishidagi eng yaxshi serial ssenariysi – Kristofer Storer, «Ayiq»

– Drama yoʻnalishidagi eng yaxshi serial ssenariysi –Jessi Armstrong, «Vorislar»

Maʼlumot uchun, «Emmi» – AQSH televizion sanʼat va fanlar akademiyasining nufuzli mukofoti boʻlib, 1949-yildan buyon har yili dramatik seriallar, komedik shoular, hujjatli filmlar, telefilm, axborot dasturlari, koʻngilochar shoular, sport dasturlari va shu kabi yoʻnalishlarda ijodkorlarga topshirib kelinadi.

Shuningdek