O‘zbekistonda hukumat inflyatsiyani jilovlash, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxlarini barqarorlashtirish choralarini ko‘rilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda ma’lum qildi.
O‘tgan yili narxlar oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir yil muddatga aksiz solig‘idan ozod qilingan benzinni yetarli miqdorda zaxiralash topshirilgan edi. Ammo, o‘tgan yil davomida benzin narxi o‘rtacha 19%ga oshgan.
«Bu – transport xarajatlari qimmatlashib, ishlab chiqarish va eksportda tannarx oshdi, degani»- dedi davlat rahbari benzin narxining oshishi haqida.
«Takror va takror aytaman. Inflyatsiya – aholi va biznes daromadlari uchun soliq. Uni jilovlamasak, kambag‘allik kamaymaydi, iqtisodiy o‘sish bo‘lmaydi»- dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu munosabat bilan har yili ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha hukumatning maxsus qarori qabul qilinib, narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida har bir sanoat vaziriga KPI belgilangan. Har hafta Hukumat yig‘ilishining birinchi masalasi inflyatsiyani jilovlashga bag‘ishlanadi.
Avvalroq, «Kursiv» prezident qaysi viloyatlardan soliq kam tushayotganini aytdi, deb e’lon qilgan edi.