O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov 66- yoshida vafot etdi, deb xabar berdi tashkilot o‘zining Telegram-kanalida.
Jasimov bilan xayrlashuv marosimi 16-yanvar kuni «Islom ota» jome masjidida bo‘lib o‘tadi. SSP jamoasi marhumning yaqinlari va hamkasblariga hamdardlik bildirdi.
Jasimov 1986-yildan prokuratura organlarida ishlab kelgan. «Do‘stlik» ordeni va boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist O‘tkir Siddiqov vafoti haqida e’lon qilgan edi.