2023-yilning 11 oyi davomida O‘zbekistonda 748,8 tonna shokolad ishlab chiqarilgan. Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘proqdir. Bu haqda mamlakat Statistika agentligi xabar berdi.
2023-yil noyabr oyida O‘zbekistondagi yirik korxonalarda 27,3 tonna shokolad ishlab chiqarilgan.
Avvalroq, «Kursiv» Alenka shokoladi halol deb tan olinganini yozgan edi.