Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yili koʻplab davlat korxonalari dividend va soliq toʻlovlari boʻyicha byudjetga 8 trillion soʻm tushumni taʼminlay olmaganini maʼlum qildi. Shavkat Mirziyoyev shuningdek, hudud rahbarlarini ajratilgan byudjet ssudalari qaytarilmayotganiga oid holatlar boʻyicha qatʼiy choralar bilan ogohlantirdi.
Prezident moliyaviy intizomni kuchaytirish va 2024-yilda byudjet defitsitini 4 foizdan oshirmaslik lozimligini taʼkidladi.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yilda Sirdaryo va Jizzaxda soliq tushumlari 20 foizga oʻsgan. Xorazm, Buxoro va Qashqadaryoda viloyatlarida esa aksincha – koʻrsatkichlar 7 foizga ham yetmagan.
Prezident yuridik shaxs maqomidagi 18 mingta ovqatlanish korxonasidan atigi 2 ming 300 tasi QSS toʻlovchisi ekanini taʼkidlab, bularning barchasi soliqchilarning ishdagi sustkashligidan darak berishini qayd etdi.