Shimoliy Koreya o‘z konstitutsiyasini o‘zgartirmoqchi

eʼlon qilindi
Shunday qilib, Janubiy Koreya unda asosiy dushman sifatida aks etadi
Foto: DW

KXDR rahbari Kim Chen In konstitutsiyaga mamlakatning asosiy dushmani Janubiy Koreya ekanligi haqidagi bandni kiritishni taklif qildi, deb yozadi «TASS» agentligi mahalliy OAVga tayanib.

«Koreya yarim orolida urush boshlansa, Koreya Respublikasi bosib olinishi, bo‘ysunishi va respublikaga qaytarilishi haqidagi qoidani (konstitutsiyada – tahrir) aks ettirish muhim, deb hisoblayman», — deya Kimning so‘zlarini keltiradi agentlik.

U, shuningdek, «Koreya Respublikasining birinchi raqamli doimiy dushman davlat» imidjini saqlab qolish uchun ta’lim sohasidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirishni buyurdi. Bundan tashqari, Kim «Shimol va Janubda bir millatning mavjudligini chalg‘ituvchi» «qoldiq so‘zlardan» voz kechish zarurligini ta’kidladi.

Avvalroq, «Kursiv» Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan birlashish haqidagi fikrini o‘zgartirganini yozgan edi.

Shuningdek